Buxoroda shifokor pora bilan qo‘lga tushdi
3-sahifa
−
26 Oktabr
6716Buxoro viloyati Shofirkon tumani Markaziy poliklinikasida fuqaroga nogironlik nafaqasini umrbodga qilib berishni va’da qilgan tibbiyot xodimi ushlandi. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, ijtimoiy inspeksiya xodimlari shifokorning noqonuniy harakatlariga chek qo‘yish maqsadida Buxoro shahar Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan birgalikda tezkor tadbir uyushtirgan.
2023 yilda 6 oy muddatga 2-guruh nogironligi tayinlangan fuqaro nogironlikni uzaytirish uchun qayta tibbiy ko‘rikka borgan vaqtida Shofirkon tumani tibbiyot birlashmasi Markaziy poliklinikasi shifokorlaridan biri fuqaroga nogironlik nafaqasini umrbodga qilib berishni va’da qilib, 700 AQSH dollari miqdorida pora talab qilgan.
2024 yil 16 oktyabr kuni shifokor ish joyida 2,5 mln so‘m miqdorida pora olgan vaqtida qo‘lga olingan. Hozirda ushbu shaxsga nisbatan tergov surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoro viloyatida tadbirkorning binosini foydalanishga ruxsatnoma olib berishni va’da qilgan kadastr muhandisi ushlangandi. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
LiveBarchasi