Buxoroda fohishaxona ochgan retsidivist ayol aniqlandi
3-sahifa
−
15 aprel 2023
15559Buxoro viloyatida uyida fohishaxona tashkil qilib, qo‘shmachilik jinoyatini sodir etgan ayol qo‘lga olindi. U muqaddam odam savdosi bilan bog‘liq jinoyat bo‘yicha sudlangan. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, shu yilning 30 mart kuni soat 15:30 larda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan "Buxoro shahar hududida fohishaxona saqlash borasidagi holatlarni oldini olish va unga qarshi kurash" tadbiri o‘tkazilgan. Tadbir davomida Buxoro tumani “Urganjixona” qishlog‘ida yashovchi, 1988 yilda tug‘ilgan R.H. muqaddam Jinoyat kodeksining 135-moddasi 2-qismi (odam savdosi) bilan sudlangan bo‘lsa-da, “mijoz” sifatida borgan erkakning jinsiy aloqa qilishi uchun g‘arazli va boshqa past niyatlarda, moddiy manfaatdor bo‘lish maqsadida A.D. ismli ayolni topib berib, buning evaziga undan 500 ming so‘m naqd pullarni olgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan ushbu retsidiv ayolga nisbatan Jinoyat kodeksining 131-moddasi 4-qismi (Qo‘shmachilik qilish yoki fohishaxona saqlash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi