Buxoroda echkiemarga nos chektirgan yigit jazolandi
3-sahifa
−
20 iyun 8061 2 daqiqa
Avvalroq, Buxoro viloyatida yashovchi fuqaro O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan bo‘z echkiemarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lib, unga nos chektirgandi. Ushbu shaxs sud qarori bilan jarimaga tortildi. Bu haqda Buxoro viloyati sudlari xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Buxoro viloyati Jondor tumanida 2005 yilda tug‘ilgan fuqaro joriy yil 01 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi “Qizil kitobi”ga kiritilgan Bo‘z echkiemarning og‘ziga nosvoy solib, unga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lib o‘ldirgan. Unga nisbatan tegishli tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Sud zalida huquqbuzar 1 iyun kuni “Ibn Sino” MFYga qarashli Gazli cho‘l massivida joylashgan dala shiyponiga o‘zining qo‘ylarini qamash uchun kelganida echkiemarni ko‘rib qolganini, uni boshiga tayoq bilan urib qo‘liga ushlab olgani, keyin esa uning og‘ziga majburlab nosvoy solganini tan olgan. Uning aytishicha, echkiemar 10-15 daqiqa xushsiz holatda qolib, keyinchalik yurib ketgan. Huquqbuzar shundan so‘ng echkiemarni olib, ko‘l qirg‘og‘iga otib yuborganini, bu holatlarni o‘zining shaxsiy telefoniga videoga olib, Instagram ijtimoiy tarmog‘iga joylashtirganini aytgan. U echkiemarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lganligini tan olsada, uni o‘ldirmaganini bildirgan.
Unga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 111-moddasi (Hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish) 1-qismi bilan bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravari, ya’ni 1,5 mln so‘m jarima jazosi tayinlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jizzax viloyatida ko‘lvor ilonni tiriklay yegan fuqaroga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 90-moddasi (Ov qilish va baliq ovlash qoidalarini, shuningdek hayvonot dunyosidan foydalanishning boshqa turlarini amalga oshirish qoidalarini buzish) 1-qismi bilan BHMning 20 baravari (7,5 mln so‘m) miqdorida jarima qo‘llanilgandi.
Dilshod Hakimov
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr