Buxoroda Cobalt YPX xodimini urib yubordi (video)

3-sahifa

image

Buxoro viloyati Jondor tumanida Cobalt rusumli avtomobil yo‘l-patrul xizmati xodimini urib yubordi. Holat yuzasidan Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov munosabat bildirdi.

Uning aytishicha, YPX xodimi bilan bog‘liq sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi yuzasidan prokuratura tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda. 

"Natijasi bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi", deydi Shamsutdinov.

Eslatib o‘tamiz, 19 yanvar kuni Navoiy viloyatining Navoiy shahrida yo‘l-patrul xizmati inspektori Jasurjon Muhammadov xizmat olib borayotgan vaqtida mashina urib ketishi oqibatida vafot etgandi. Ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi ochildi. Farg‘ona viloyatida esa 34 yoshli Damas haydovchisi spirtli ichimlik ta’sirida avtomashinani yuqori tezlikda boshqarib ketayotib, oldinda velosipedda ketayotgan fuqaroni urib yuborgandi. So‘ngra u qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, yo‘l chetida onasi bilan ketayotgan 5 yoshli qizni ham urib, voqea joyidan qochib ketgan. Hodisa oqibatida qiz shifoxonada, 71 yoshli erkak esa hodisa joyida vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

YTH YPX Buxoro

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing