Buxoroda Cobalt va Lacetti mashinalari to‘qnashdi

3-sahifa

image

Buxoro viloyati Buxoro shahrida Cobalt va Lacetti rusumli avtomashinalar o‘rtasida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Aniqlik kiritilishicha, voqea bugun, 30 aprel kuni soat taxminan 04:40 larda Buxoro shahri Istiqlol hamda Nizomiy ko‘chalari tutashmasida sodir bo‘lgan. Cobalt va Lacetti rusumli transport vositalari o‘zaro to‘qnashib ketgan.

Mazkur yo‘l-transport hodisasi oqibatida ikkala avtomobil haydovchilar va bir nafar yo‘lovchi yengil tan jarohati olgan.

“Mazkur YTH yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Buxoro yo'l-transport hodisasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing