Buxoroda Cobalt`lar to‘qnashuvida ikki kishi halok bo‘ldi

Jamiyat

image

Joriy yilning 2 yanvar kuni Buxoro viloyatida ikkita Cobalt rusumli avtomobil to‘qnashuvi natijasida ikki kishi hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda Tergov departamenti Matbuot xizmati xabar berdi.

YTH soat 18:10 larda Peshko‘ tumani “Jongeldi” MFY hududidan o‘tgan 4R-61-sonli avtomobil yo‘lida yuz bergan. 26 yoshli F.N. Cobalt rusumli avtomobilida 4R-61-sonli avtomobil yo‘li bo‘ylab, A-380-sonli xalqaro avtomobil yo‘li tomon boshqarib kelayotgan vaqtida, boshqaruvni yo‘qotib, yo‘lning o‘ng tomonida to‘xtab turgan haydovchi 24 yoshli D.Q.ning boshqaruvida bo‘lgan Cobalt rusumli avtomobilning orqasiga urilgan.

Natijada, haydovchi F.N.ning boshqaruvidagi Cobalt avtomashina yo‘lovchilari 49 yoshli G‘.O. va 43 yoshli D.J. (ayol) olgan tan jarohatlari oqibatida xodisa sodir bo‘lgan joyda vafot etishgan. Bundan tashqari, yo‘lovchi 26 yoshli I.I. olgan tan jarohatlari bilan Gazli shaharchasi markaziy shifoxonasiga yotqizilgan.

Mazkur xolat yuzasidan Peshko‘ tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a”bandi (odamlar o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyati ishi qo‘zg‘atilgan.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Buxoro

Baholaganlar

108

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing