Buxoroda bosh shifokor 204 mln so‘mni talon-taroj qildi

Jamiyat

image

Buxoro viloyatida Moliya vazirligi tomonidan inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasiga ajratilgan 200 mln so‘mdan ortiq byudjet mablag‘lari talon taroj qilingani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar berdi.

Buxoro viloyat sanitariya va epidemiologik osoyishtalik markaziga pandemeya sharoitida dezinfeksiya vositalarini xarid qilishda mahsulotlarni maqbul narxlarda yetkazib beruvchi korxonalar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma tuzish imkoniyati berildi. 

Shunga qaramay, markaz bosh vrachi B.B. va vrach-dezinfeksionisti A.H. oldindan til biriktirib, A.H.ning o‘zi ta’sischi bo‘lgan “V-S” MCHJ orqali 395,4 mln so‘mlik 14,9 tonna gipoxlorid kalsiy dezinfeksiya vositasini 600 mln so‘mga, ya’ni 204,6 mln so‘mga qimmat narxda xarid qilganliklari aniqlanib, tekshiruv davomida bosh vrach B.B. tomonidan 202,5 mln so‘m zarar qoplangan.

Mazkur holat yuzasidan B.B. va A.H.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Buxoro talon-taroj

Baholaganlar

317

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing