Buxoroda ayol o‘zini poyezd tagiga tashlab, joniga qasd qildi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoroda ayolni poyezd bosib ketganligi haqida xabarlar tarqaldi. Bosh prokuratura holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

Aniqlanishicha, bugun, 26 sentyabr kuni soat 06:00 da “Xo‘jadavlat-Buxoro-1” yo‘nalishidagi poyezd 43-RZD va Murgak temir yo‘l bekatlari oralig‘ida harakatlanib kelayotgan vaqtda Kogon shahrida yashagan 38 yoshli ayol o‘z joniga qasd qilish maqsadida poyezd tagiga o‘zini tashlagan va olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan. 

Hozirgi vaqtda yuqorida qayd qilingan holat yuzasidan Buxoro transport prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Buxoro

Baholaganlar

680

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing