Buxoroda ayol o‘zini osmoqchi bo‘ldi

3-sahifa

image

Buxoroda kecha, 30 aprel kuni ayol oilaviy muammolari tufayli o‘zini daraxtga osmoqchi bo‘ldi. Bu haqda Milliy gvardiya viloyat bo‘yicha boshqarmasi ma’lum qildi.  

Ta’kidlanishicha, shu kuni soat taxminan 20:30 larda Buxorodagi “Somoniylar istirohat bog‘i”da Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari bog‘ning daraxtlar gavjum qismida shivirlagan hamda odamning bo‘g‘iq ovozini eshitgan. 

Shundan so‘ng ular zudlik bilan daraxtlar tomonga yetib borgan. Voqea joyida ayol katta daraxt shoxida qo‘lbola usulda tayyorlangan qizil rangli arqon yordamida o‘z joniga suiqasd qilishga urinayotgan bo‘lgan. Ayolni daraxtda osig‘liq holatda, tipirchilayotgan vaqtda qutqarib qolishgan. 

Tez tibbiy yordam ko‘rsatish xizmati hamda shahar IIB navbatchilik qismi voqea joyiga yetib kelguniga qadar Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari tomonidan ayolga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan. 

Joniga qasd qilmoqchi bo‘lgan ayol G‘ijduvon tumanida tug‘ilgan, hozirda Vobkent tumanida istiqomat qilib, ushbu tumandagi tashkilotlarning birida ishlovchi, ikki nafar farzandi bor, 30 yoshli G.O‘. bo‘lib chiqqan. 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ayol turmushidan ajrashgan va bir necha oy avval eri bilan janjallashib qolib, shundan so‘ng o‘z joniga qasd qilishga uringan. 

Qayd etilishicha, ayni paytda G.O‘.ning ahvoli qoniqarli hamda hodisa yuzasidan dastlabki surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Buxoro

Baholaganlar

289

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing