Buxoroda ayol tug‘ilmagan bolasini sotishga urindi
3-sahifa
−
12 yanvar 2021
7559Buxoro viloyatida 22 yoshli Maftuna R. fuqaroga to‘rt oylik homilasini sog‘lom holda tug‘ib, 50 mln so‘m evaziga sotishni taklif qildi. Bu haqda Tergov departamenti xabar berdi.
Aniqlanishicha, o‘tgan yilning dekabrida Maftuna R. ofitsiant bo‘lib ishlagan vaqtida mijoz Fozila E. bilan tanishib, unga homilador ekanligini, to‘rt oylik homilasi borligi va moddiy jihatdan qiynalayotgani, kelgusida tug‘ilajak farzandini moddiy tomondan ta’minlay olmasligini, farzandini sotish niyati borligini ma’lum qiladi. To‘rt oylik homilasini sog‘lom holda tug‘ib, 50 mln so‘m evaziga sotishni taklif qilib, avans tariqasida 25 mln so‘m so‘raydi.
Joriy yilning 6 yanvar kuni soat 19:00 da o‘tkazilgan tezkor tadbirda Buxoro shahridagi “Al-Pari” restorani oldida Maftuna R. fuqaro Fozila E.dan 20 mln so‘m va 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ushlangan.
Mazkur holat bo‘yicha Maftuna R.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 25,135-moddasi 1-qismi (odam savdosiga suiqasd) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
LiveBarchasi