Buxoroda avtobus nega yonib ketgani ma’lum bo‘ldi
3-sahifa
−
17 yanvar 2021
12369Buxoro viloyatining Buxoro tumanidagi “Jondor” avtoturargohida avtobus yonib ketgani haqida xabar bergandik. Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hodisa yuzasidan qo‘shicha ma’lumot berdi.
Boshqarma ma’lumotiga ko‘ra, yong‘in avtobusning dvigatel qismidagi elektr simlarining qisqa tutashuvi sabab kelib chiqqan.
Ta’kidlanishicha, bugun, 17 yanvar, yakshanba kuni soat 09:18 da Buxoro tumanidagi avtobekatda haydovchi Z.O. boshqaruvidagi Isuzu’da yong‘in chiqqan.
“Amir Trans” MCHJga tegishli 2016 yilda ishlab chiqarilgan oq rangli, davlat raqami 80 870 EAA bo‘lgan Isuzu avtobusining motor va salon qismi yonib ketgan.
Yong‘in haqidagi xabar tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limining navbatchilik qismiga soat 09:19 da kelib tushgan bo‘lib, 2 ta yong‘inga qarshi ekipaj olovni 09:33 da o‘chirgan.