Buxoroda “Afrosiyob” poyezdi temiryo‘lchini urib ketdi

3-sahifa

image

27 dekabr kuni soat 11:20 atrofida Toshkent - Buxoro yo‘nalishidagi "Afrosiyob" elektropoyezdi yo‘l sozlovchini bosib ketdi. Bu haqda "O‘zbekiston temiryo‘llari" kompaniyasi matbuot xizmati xabar berdi. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, "Buxoro mintaqaviy temiryo‘l uzeli" unitar korxonasiga qarashli Juma-Kattaqo‘rg‘on temiryo‘l bekatlar oralig‘ida ish rahbari, yo‘l ustasi v.b. Sh. Meyliyev boshchiligidagi 9 nafar yo‘l sozlovchi ta’mirlash ishlarini olib borayotgan bo‘lgan.

Biroq yo‘lning 3750-kilometrida temiryo‘l izi ichidan brigada oldiga qaytayotgan (temiryo‘l izlari chetidan qaytmasdan) yo‘l sozlovchi M.Shodiyorov yo‘l brigadiri v.b. M.Aliqulovning ogohlantirish ishoralariga e’tibor bermagan va elektr poyezd signalini eshitmagan.

Oqibatda Toshkent–Buxoro yo‘nalishida yuqori tezlikda harakatlanib kelayotgan 770-sonli "Afrosiyob" elektr poyezdi yo‘l sozlovchi M.Shodiyorovni urib ketgan va u voqea joyida vafot etgan. Voqea tafsilotlari o‘rganilayotgani aytilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Afrosiyob Buxoro

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing