Buxoroda 9 oylik chaqaloq fermer dalasiga tashlab ketildi
3-sahifa
−
24 iyul 2022
54603O‘zbekistondan anomal issiq kuzatilayotgan bir vaqtda Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanidagi dala shiyponiga 9 oylik chaqaloq tashlab ketildi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 22 iyul kuni soat 16:07 da viloyat IIBga G‘ijduvon tumani “Ko‘lijabbor” MFY Ko‘xna Nayman qishlog‘ida joylashgan “Shukur To‘xta” fermer xo‘jaligining dala maydoni yoqasidagi (kapa) shiyponda shaxsi aniq bo‘lmagan taxminan 9 oylik bola topib olinib, tuman tibbiyot birlashmasiga olib borilganligi haqida xabar kelib tushgan.
“Hozirgi kunda ushbu shaxsi aniq bo‘lmagan taxminan 9 oylik bola G‘ijduvon tuman tibbiyot birlashmasi bolalarni sog‘lomlashtirish bo‘limida shifokorlar nazoratiga olingan”, deyiladi xabarda.
Holat yuzasidan G‘ijduvon tuman Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari amalga oshirilmoqda.