Buxoroda 4,7 magnitudali zilzila bo‘ldi
Jamiyat
−
06 noyabr 2023
12724Bugun, 6 noyabr kuni O‘zbekiston hududida zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi ma’lum qildi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida mahalliy vaqt bilan soat 03:57 da (Grinvich bo‘yicha 22:57 da) zilzila yuz berdi. Yer silkinishi epimarkazi Buxoro viloyati, Peshku tumani. Zilzila koordinatalari 40,52 gradus shimoliy kenglik, 63,09 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda 4,7. Chuqurlik 15 km. Zilzila epimarkazi Toshkentdan 521 km janubiy-g‘arbda.
O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
Peshku tumanida 3-2 ball, 27 km.