Buxoroda 3 kishi YTH qurboni bo‘ldi

Jamiyat

image

Kecha, 1 iyul kuni Buxoro viloyatida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida 3 kishi qurbon bo‘ldi. Bu haqda Tergov departamenti xabar berdi.

YTH soat 07:00 da Buxoro viloyat Peshko‘ tumani hududidan o‘tuvchi A-380 yo‘lining 395-kilometrida yuz bergan. Haydovchi, 21 yoshli H.S. Cobalt rusumli avtomashinani Xorazm-Buxoro yo‘nalishi bo‘ylab boshqarib ketayotganda oldinda harakatlanib borayotgan 52 yoshli Yu.Sh.ning boshqaruvida bo‘lgan Mercedes-Benz 1841 LS rusumli yuk avtomashinasining orqa qismiga urilgan.

Natijada Cobalt avtomashina haydovchisi H.S. va yo‘lovchi sifatida ketayotgan 22 yoshli S.Y. hamda 50 yoshli P.N. hodisa joyida vafot etganlar.

Mazkur holat yuzasidan Peshko‘ tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha Buxoro viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Buxoro

Baholaganlar

308

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing