Buxoroda 3,7 mlrd so‘mlik gaz o‘g‘irlagan issiqxona aniqlandi
3-sahifa
−
12 fevral 2815 1 daqiqa
Buxoro viloyatida issiqxonaning 3,7 mlrd so‘mlik tabiiy gazni talon-toroj qilgani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlarini fosh etishga qaratilgan tadbirda Buxoro viloyati Kogon tumanidagi “K.E.S.S.” MCHJ ish yurituvchisi I.M. jamiyatga qarashli issiqxonani tabiiy gaz tarmog‘iga yashirin ravishda ulash orqali foydalanib kelish oqibatida 3,7 mlrd so‘mlik tabiiy gazni talon-toroj qilgan.
Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan jamiyat ish yurituvchisi I.M. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash va ularni oldini olishga qaratilgan nazorat tadbirlarida Toshkent viloyatida 1,2 milliard so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlangan edi.
Live
Barchasi