Buxoroda 29 yoshli tadbirkorning jasadi osig‘liq holda topildi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro viloyati Buxoro tumanida B.R. ismli 29 yoshli tadbirkorning jasadi osig‘liq holda topilgani haqida xabarlar tarqaldi. Unga ko‘ra, bu voqea B.R.ning Rossiyada ishlab yurgan opasining hovlisida sodir bo‘lgan. 

QALAMPIR.UZ mazkur holat bo‘yicha batafsil ma’lumot olish maqsadida Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov bilan bog‘landi. Uning ma’lum qilishicha, ushbu holat joriy yilning 5 noyabr kuni aniqlangan. Hozirda Buxoro tumani prokuraturasi tomonidan tekshirish olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Andijon viloyatining Xonobod shahri Qo‘rg‘ontepa tumanida joylashgan Qorasuv-Xonobod temiryo‘l ko‘prigida 30 yoshli erkak arqondan sirtmoq yasab, o‘zini osib qo‘ygan edi. Shuningdek, Oltinko‘l tumanida 21 yoshli kelin o‘zini osib qo‘ygandi.


Maqola muallifi

Teglar

jasad tadbirkor Buxoro sirtmoq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing