Buxoroda 23 mln so‘mlik tilla taqinchoqlarni o‘g‘irlagan shaxs ushlandi

3-sahifa

image

Buxoro viloyatida 23 million so‘mlik tilla taqinchoqlarni o‘g‘irlagan fuqaro ushlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

Aniqlanishicha, fuqaro o‘zganing mol-mulkini  talon-toroj qilish maqsadida Peshku tumani Sadir mahallasida yashovchi fuqaroning xonadoniga o‘g‘rilikka tushgan.  U yashash xonadonidagi tosh oyna tortmasida turgan qutichadan bahosi 23 million so‘mlik bir dona ayollar tilla zanjirini olib ketgan.

Olib borilgan tezkor tergov harakatlari davomida jinoyatni sodir qilgan shaxs fosh etilgan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (O‘g‘rilik) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘onada dugonasini o‘ldirib, marhumaning uy olish maqsadida to‘playotgan 35 mln pulini, tilla taqinchoqlarini o‘zi bilan olib ketgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing