Buxoroda 2000 metr chuqurlikda yangi gaz zaxirasi aniqlandi

Jamiyat

Buxoro viloyati, Jondor tumanidagi qudukda olib borilgan burg‘ulash ishlari natijasida 2054-2105 metr chuqurlikda tabiiy gaz oqimi borligi aniqlandi. Bu haqda “O‘zbekneftgaz”AJ Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Buxoro viloyatining Jondor tumanida joylashgan Shorqum koni Andakli, Parsankul va G‘arbiy Xodja gaz kondensat konlari yaqinida joylashgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, quduqni 2054-2105 metr oralig‘ida (XV-1, XV-2 katlamlar) burg‘ulash jarayonida sinab ko‘rilganda sanoat miqyosidagi tabiiy gaz oqimi borligi aniqlangan.

“Hozirda ushbu olingan tabiiy gazning kunlik debiti 200 ming metr kubni tashkil qilmoqda. Loyihaga ko‘ra, quduqni 2850 metr chuqurlikgacha burg‘ulash va quyi yura qatlamlarning neftgazga mahsuldorligini aniqlash nazarda tutilgan”, deyiladi xabarda.

Ayni paytda quduqda terrigen yura yotqiziqlarini o‘rganish uchun 2850 metrgacha burg‘ulash ishlari davom ettirilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Buxoro

Baholaganlar

185

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing