Buxoroda 2 yashar bolaning tomog‘idan ikkita tanga topildi

3-sahifa

image

Buxoro viloyatining Qorako‘l tuman tibbiyot birlashmasida 2023 yilda tug‘ilgan bolaning tomoq qismidan 2 dona tanga olib tashlandi. Bu haqda viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, 2 yoshli chaqaloq yuqori qizilo‘ngach toraymasida yot jism qolib ketgani sababli shoshilinch qabulxona bo‘limiga olib kelingan. Bu holat e’tiborsizlik oqibatida yuzaga kelgan.

Shundan so‘ng, navbatchilikda bo‘lgan yuqori malakali shifokorlar jamoasi tezkor tibbiy yordam ko‘rsatgan. Zamonaviy tibbiy uskunalar yordamida yuqori texnologik, kam invaziv jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli amalga oshirilgan va bolakay hayoti saqlab qolingan.

“Ayni paytda bemorning ahvoli barqaror, shifokorlar nazorati ostida qoniqarli holatda”, deyiladi xabarda. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq farg‘onalik 2 yoshli qizning qornidan 135 ta magnit sharcha olingan edi. Qizaloq magnit sharchalar bilan o‘ynab kelgan va shu jarayonda ulardan ancha-munchasini ichiga yutgan. Vaqt o‘tishi bilan sharchalar qornida yig‘ilib qolgan va uning hayotiga jiddiy xavf solgan. Shifokorlar jarrohlik amaliyoti o‘tkazib, qizaloq qornidagi 135 ta magnit sharchani olib tashlagan.


Maqola muallifi

Teglar

tanga tomoq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing