Buxoroda 16 yoshli qizni nomusiga tekkani uchun qidiruvga berilgan shaxs Moskvada ushlandi

Jamiyat

image

Buxoro viloyatida 16 yoshga to‘lmagan qizning nomusiga tekkani uchun 2020 yilning fevral oyida qidiruvga berilgan fuqaro Rossiya poytaxti Moskva shahrida qo‘lga olindi. Bu haqda Buxoro viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Romitan tumani “Azizon” MFYda ro‘yxatda turuvchi, 1995 yilda tug‘ilgan S.L. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 128-moddasi 2-qismida (takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish) ko‘rsatilgan jinoyatni sodir qilgan. Bu fuqaro dastlabki tergov va sud idoralaridan yashirinib yurganligi uchun Jinoyat ishlari bo‘yicha G‘ijduvon tuman sudi tomonidan 2020 yilning 11 fevral kunidan boshlab qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan holda unga nisbatan qidiruv e’lon qilingan.

Qidiruvda bo‘lgan fuqaro joriy yilning 30 sentyabr kuni o‘tkazilgan qidiruv tadbirlari davomida Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tezkor xodimlari tomonidan Rossiya poytaxti Moskva shahrida yashirinib yurganligi aniqlanib, ushlangan va unga nisbatan qidiruv bekor qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

qidiruv nomusga tegish

Baholaganlar

2406

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing