Buxoroda hokim yordamchisi pora bilan ushlandi
3-sahifa
−
16 Sentabr 2025 8484 1 daqiqa
Buxoro viloyatida Peshku tumani hokimining yordamchisi 6 ming dollar pul olayotganda qo‘lga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, hokim yordamchisi mahalla fuqarolar yig‘inidagi xizmat mavqeidan foydalanib, hokimiyat zaxirasidagi 7 sotix yer maydonini “K-savdo” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga joylashtirib, onlayn auksion savdolari orqali sotib olib berish evaziga fuqarodan 6 ming dollar talab qilgan. Peshku tumanida yashovchi tadbirkor hokim yordamchisining noqonuniy xatti-harakatlari haqida joriy yilning 10 sentyabr kuni ariza bilan murojaat qilgan.
Shundan so‘ng o‘tkazilgan tezkor tadbirda hokim yordamchisi tamagirlik yo‘li bilan ushbu pullarni uchinchi shaxs orqali olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llandi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyati sudining Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati sudyasining katta yordamchisi 3 million 800 ming so‘m pora bilan qo‘lga tushgandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025