Buxoroda haydovchi YPX xodimini avtomobili kapotida sudrab ketdi
Jamiyat
−
02 fevral 2021
7970Kecha, 1 fevral kuni ijtimoiy tarmoqda Buxoroda Tico haydovchisi YPX xodimini avtomobil kapotida sudrab ketgani aks etgan videolavha tarqaldi.
Videoda aks etgan holat Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan o‘rganilgan. Bu haqda YHXBB xabar berdi.
O‘rganish natijasida joriy yilning 29 yanvar kuni soat 15:30 larda Buxoro viloyati IIB YHXB yo‘l-patrul xizmati katta inspektori kichik serjant Sh.R. o‘ziga biriktirilgan Vobkent tumani hududida xizmat olib borayotgan bo‘lgan.
Xizmatni olib borish jarayonida Vobkent tumani “O‘ba Kulolon” mahallasi, Kulolchi ko‘chasida fuqaro M.S. tanishi N.A.ga tegishli bo‘lgan Tico rusumli, avtomashinada svetoforning qizil chirog‘iga to‘xtamasdan harakatlanib kelgan. Shu sababli, YPX inspektori yo‘lning qatnov qismiga chiqib haydovchiga to‘xtash ishorasini ko‘rsatganida, fuqaro M.S. YPX inspektori turgan yo‘nalishda boshqarishni davom ettirgan.
Sodir etgan huquqbuzarligi uchun javobgarlikdan qutilib qolish maqsadida avtomashinani to‘xtatmasdan xodimga juda yaqin masofaga qadar boshqarib borishi oqibatida xodim yo‘l chekkasiga qochishga ulgurmasdan, avtomashina kapoti ustiga chiqib qolgan. Shunday bo‘lsada haydovchi M.S. avtomashina bilan harakatlanishda davom etib, taxminan 50-60 metr masofada inspektorni transport vositasi kapoti ustida olib yurib to‘xtagan.
Shundan so‘ng, YPX inspektori haydovchiga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirib, avtomashinani vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga joylashtirgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv hamda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda.
Yuqoridagi holatda biror kishiga tan jarohati yetmagan
LiveBarchasi