Buxoroda harbiy prokuror daraxtlarni kestirib tashlagani aytilmoqda
Jamiyat
−
29 Sentabr 2022
8012Buxoro viloyatida harbiy prokuror boshchiligida qimmatbaho daraxtlar kesib tashlangani aytilmoqda. Telegram’dagi “Kusherboyevga murojaat” sahifasida fuqarodan tushgan murojaat asosida shunday xabar e’lon qilindi.
Murojaatchining ma’lum qilishicha, Buxoro harbiy prokurori J.Sobirov 2022 yil may oyida Buxoro harbiy prokuraturasi ma’muriy binosi orqa hovlisidagi oshxona bilan issiqxona o‘rtasidagi 6 tup ko‘p yillik Aylanta daraxtlarini kestirib tashlagan.
Shuningdek, uning topshirig‘i bilan orqa hovlidagi tomorqa noqonuniy ravishda devor bilan o‘ralib, daraxt, tok butalarga jiddiy shikast yetkazilgani va 2022 yil may-iyun oylarida tomorqa ichidagi 3 dona ko‘p yillik o‘rik daraxti va 3 tup tok butasi quritilgani aytilmoqda. Keyin esa ular ham kesib tashlangan.
Mazkur holat yuzasidan hozircha ekologiyaga mas’ul idoralar tomonidan rasmiy munosabat bildirilmadi.