Buxoroda ham ichimlik suvi narxi oshdi

Jamiyat

image

Joriy yilning 1 iyul kunidan boshlab Buxoro viloyatida ichimlik suvi va oqova xizmatlar bo‘yicha yangi to‘lov tariflari ishga tushadi. Bu haqda viloyat hokimligining matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Xalq deputatlarining viloyat kengashi tomonidan 2025 yilning 1 iyul kunidan boshlab amalda bo‘ladigan ichimlik suvi va oqova xizmatlar bo‘yicha yangi to‘lov tariflari tasdiqlangan.

Ichimlik suvi xizmati uchun tariflar:

  • aholi uchun 1 metr kub – 4480 so‘m;
  • issiqlik ta’minoti, diniy tashkilotlar va boshqalar uchun 1 metr kub – 4480 so‘m;
  • byudjet tashkilotlari uchun 1 metr kub – 9520 so‘m;
  • ulgurji iste’molchilar uchun 1 metr kub – 9520 so‘m;

Texnik suvi xizmati uchun tariflar:

  • aholi uchun 1 metr kub – 2240 so‘m;
  • boshqa iste’molchilar uchun 1 metr kub – 2240 so‘m;

Oqova suv xizmati uchun tariflar:

  • aholi uchun 1 metr kub – 4256 so‘m;
  • issiqlik ta’minoti, diniy tashkilotlar va boshqalar uchun 1 metr kub – 4256 so‘m;                                                                                                
  • byudjet tashkilotlari uchun 1 metr kub – 6272 so‘m;
  • ulgurji iste’molchilar uchun 1metr kub – 6272 so‘m.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 1 iyul kunidan boshlab Toshkent viloyatida ham ichimlik suvi va oqova xizmatlar bo‘yicha yangi to‘lov tariflari ishga tushadi.


Maqola muallifi

Teglar

ichimlik suvi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing