Buxoro viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Jamiyat
−
28 dekabr 2021
7792G‘ulomov Ahror Aminovich Buxoro viloyati hokimining o‘rinbosari – viloyat mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.
Bugungacha ushbu lavozimda faoliyat olib borgan Yo‘ldosh Jumayev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan o‘z arizasiga binoan lavozimidan ozod qilindi.
Ma’lumot uchun, Ahror G‘ulomov 1970 yil 20 dekabrda G‘ijduvon tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy. 1996 yilda Toshkent davlat universiteti (kunduzgi), 2006 yilda O‘zbekiston Milliy universiteti (sirtqi)ni tamomlagan.
Ahror G‘ulomov mehnat faoliyatini 1996 yilda G‘ijduvon tumanidagi 1-sonli maktab o‘qituvchisi sifatida boshlab, “Biotexmed” mas’uliyati cheklangan jamiyati mutaxassisi (1997-2001), Yakkasaroy tovar ishlab chiqaruvchilar markazi rahbari (2002), Yakkasaroy tumani tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi raisi (2003-2005), Yakkasaroy tumani Statistika bo‘limi boshlig‘i (2005-2007), Yakkasaroy tumani hokimiyati tashkiliy-nazorat guruhi rahbari (2007-2008), O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashkari Pensiya jamg‘armasi Yakkasaroy tumani bo‘limi boshlig‘i (2008-2011), O‘zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi Yakkasaroy tumani bo‘linma boshqaruvi raisi (2011-2013), O‘zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi Toshkent shahar bo‘limi boshqaruvi raisi o‘rinbosari (2013-2015), O‘zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi Toshkent shahar bo‘limi boshqaruvi raisi (2015-2017), Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Buxoro viloyati Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari (2017-2020) lavozimlarida ishlagan.
U ayni paytga qadar Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi boshqarma boshlig‘i sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.