Buxoro tumaniga yangi hokim tayinlandi

Olam

image

Bugun, 5 mart kuni Anvarjon Zubaydilloyevich Ochilov Buxoro tumaniga hokim etib tayinlandi. Bu haqda hokimlik matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, bugun Xalq deputatlari Buxoro tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tgan. Sessiyada qatnashgan viloyat hokimi Botir Zaripov tumanning oldingi hokimi Halimjon Safarovni lavozimidan ozod etish to‘g‘risidagi qarorni o‘qib eshittirdi. 

“Uning rahbarligida barcha sohalarda o‘sish kuzatildi. Ammo keyingi paytda Halimjon Safarovning sog‘ligi yomonlashganligi zimmasiga yuklatilgan vazifalarni samarali bajarish imkoniyatini cheklab qo‘ydi. U sog‘lig‘i yomonlashganligi munosabati bilan tuman hokimi lavozimidan ozod etishni so‘rab ariza bilan murojaat qildi”, degan viloyat hokimi.

Shundan so‘ng deputatlarga ayni vaqtga qadar Romitan tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Anvarjon Zubaydilloyevich Ochilovni Buxoro tumani hokimi etib tayinlash to‘g‘risida viloyat hokimining qarori qabul qilingani ma’lum qilindi. Anvarjon Zubaydilloyevich Ochilov Buxoro tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi. 

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Jamoliddin Hojimanov Sirdaryo viloyatidagi Guliston shahriga yangi hokim etib tayinlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Buxoro

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing