“Buxoro” bosh murabbiysiz qoldi
Sport
−
15 may 2019
4394“Buxoro” klubi bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov O‘zbekiston Superligasining 8-turida “Surxon” klubiga qarshi o‘tkazilgan o‘yindan so‘ng o‘z lavozimini tark etgan.
QALAMPIR.UZ manbasiga ma’lum bo‘lishicha, Ashurmatov “Surxon”dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng ishdan bo‘shash yuzasidan ariza yozgan. Shundan so‘ng u klubga qaytmagan. Hozirda jamoa navbatdagi turda “Dinamo” bilan kechadigan o‘yinga mahalliy murabbiy Ilhom Umirov qo‘l ostida mashg‘ulotlarni davom ettirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Baxtiyor Ashurmatov joriy mavsumning avvalida "Buxoro" klubi bosh murabbiyi etib tayinlangan edi. Undan oldin qo‘qonlik mutaxassis Olmaliqning AGMK klubini boshqargan va o‘tgan mavsumda bu klub bilan O‘zbekiston kubogini qo‘lga kiritgan edi.
O‘z navbatida “Buxoro” klubi ushbu ma’lumotni rasman tasdiqlaganicha yo‘q.
LiveBarchasi