“Bukhara News” faoliyatiga to‘sqinlik qilgan bozor xodimi ishdan olindi

Jamiyat

image

Avvalroq Buxoro markaziy bozori ma’muriyati “Bukhara News” portali faoliyatiga to‘sqinlik qilgani va bu bo‘yicha prokuratura tekshiruv boshlagani haqida xabar berilgandi. Bozor matbuot xizmatiga ko‘ra, ushbu xodimga nisbatan chora ko‘rilgan.

Buxoro viloyatida faoliyat yuritayotgan saytlardan bo‘lgan “Bukhara news” xodimlari “Markaziy bozor” xududida so‘rovnoma o‘tkazish jarayonida,bozor nazoratchilari tomonidan qarshilik ko‘rsatgani to‘g‘risida ijtimoiy tarmoqlarda xabar tarqalganidan so‘ng “Markaziy bozor ” ma’muriyati tomonidan bozordagi kuzatuv kameralari ko‘zdan kechirilib holatga oydinlik kiritilgan.

Natijada bozor nazoratchisi T.Raxmatov nomunosib xatti-harakati, fuqarolar bilan muomila qilganda ahloq normalarini buzib, bepisand munosabatda bo‘lgani va nazoratchilar ishtirokidagi tezkor yig‘ilishlarda bu borada topshirilgan ko‘rsatmalarga rioya qilmagani uchun ishdan bo‘shatilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

351

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing