Bo‘kada tibbiy xizmat mashinasida archa tashildi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Bo‘ka tumanida tez tibbiy yordam mashinasida archa tashilayotgani aks etgan surat tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, ushbu suratdagi Damas avtomobili tez tibbiy yordam avtomashinasi emas, balki Bo‘ka tumani Markaziy oilaviy poliklinika uchun ajratilgan “Tibbiy xizmat” avtomashinasi hisoblanadi. Ushbu mashina aholiga tez tibbiy yordam xizmatini ko‘rsatmaydi.

Ma’lum qilinishicha, Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘ida tibbiy xizmat maxsus avtomashinalaridan tibbiyot muassalarida, poliklinikalarda, tug‘ruqxonalarda, qon xizmati, vazirlik tizimidagi tibbiyot oliy o‘quv yurtlarida, ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari va ularning klinikalarida, sud-tibbiyot ekspertiza byurolarida, sanatoriyalarda va tizimdagi boshqa muassasalarda tibbiy xizmat ishlarida foydalanilishi belgilangan.

“Ushbu holatni o‘rganish uchun Toshkent viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi tomonidan ishchi guruh tashkil etildi hamda qonun buzilishiga yo‘l quygan mutasaddi rahbarlar va ularning xodimlariga intizomiy jazo choralari ko‘rilishini ma’lum qilamiz”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Damas tez yordam mashinasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing