Bugungi kunda O‘zbekistonda qancha qamoqxona bor?
Jamiyat
−
26 yanvar 2022 15209 1 daqiqa
Bugungi kunda O‘zbekistonda 54 ta jazoni ijro etish koloniyasi mavjud. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti O‘zAga ma’lum qildi.
Departamentdan ma’lum qilishicha, so‘nggi besh yilda qamoq deb atash mumkin bo‘lgan jazoni ijro etish muassasalaridan birorta ham mahkum qochmagan.
Bugungi kunda mamlakatda 54 ta jazoni ijro etish koloniyasi mavjud bo‘lsa, shundan 18 tasi yopiq turdagi, 25 tasi manzil koloniya va 11 tasi tergov hibsxonalari hisoblanadi.
O‘sha 18 ta yopiq turdagi koloniyaga ruxsatsiz kirish ham, chiqish ham mumkin emas va ular qat’iy qo‘riqlanadi. Ularni tom ma’nodagi qamoq deb atash mumkin va bu muassasalardan hech kim qochmagan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025