Bugundan metan “zapravka”lar faoliyatiga kiritilgan cheklovlar bosqichma-bosqich olib tashlanadi (video)

Jamiyat

image

Bugun, 22 fevraldan boshlab O‘zbekistondagi metan “zapravka”lar faoliyatiga qo‘yilgan cheklovlar bosqichma-bosqich olib tashlanadi. Bu haqda Energetika vazirligi axborot xizmati rahbari Hasan Toshxo‘jayev ma’lum qildi. 

Uning aytishicha, mamlakatdagi barcha metan zapravkalar faoliyatiga kiritilgan cheklovlar mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan holda, avvaldan belgilangan reja-grafik asosida bosqichma-bosqich olib tashlanmoqda.

"Metan zapravkalar bilan bog‘liq vaziyat haqida kun davomida mahalliy hokimliklar axborot resurslarida, shuningdek, "Hududgazta’minot" AJ va Energetika vazirligining rasmiy axborot manbalari orqali xabar qilib boriladi", deydi Toshxo‘jayev.

Eslatib o‘tamiz, 18 fevral kuni respublika hududlarida havo haroratining pasayishi oqibatida magistral gaz quvurlarida bosimning kamayishi holatlari kuzatilayotganini inobatga olgan holda barcha avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari (AGTKSH) faoliyatiga qisqa muddatli cheklovlar kiritilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

metan zapravka

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing