Bugundan Malayziyada barcha maktablar yopildi

Olam

image

Malayziyada koronavirus tarqalishi sababli, bugun, 9 noyabrdan boshlab barcha maktablar yopildi. Bu haqda qirollik Ta’lim vaziri Mohda Radzi Jidinga asoslanib xabar berilgan. 

"Qaror koronavirusning jamiyatda tarqalish zanjirini uzish maqsadida qabul qilindi", deyilgan vazir bayonotida.

Unga ko‘ra, mamlakatda yangi o‘quv yili yanvar oyining oxirida boshlanadi.

Ta’kidlanishicha, bugundan mamlakatdagi maktablardan tashqari ba’zi korxonalar ham yopildi. 

Shuningdek, Malayziyada shaharlararo transport harakati to‘xtatiladi, kafe va restoranlar esa qisqartirilgan rejimda ish boshlaydi.

Ma’lumot uchun, Malayziyada pandemiya boshidan beri 40 mingdan ortiq odam koronavirusga chalingan. 286 kishi vafot etgan. Mamlakatda kasallanishning keskin o‘sishi sentyabr oyining boshidan beri davom etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

karantin malayziya

Baholaganlar

154

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing