Bugundan gaz narxi oshdimi?

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda bugun, 1 martdan boshlab tabiiy gaz narxi oshgani to‘g‘risida xabarlar tarqaldi. Mazkur xabarlar ortidan Energetika vazirligi rasmiy munosabat bildirdi.

“1 martdan gaz narxlari oshirilgani yo‘q. Shuni ma’lum qilamizki, 1 martdan tabiiy gaz narxi oshirilmadi. To‘lovlar eski tarifda amalga oshiriladi. Biroq bugun, 1 martdan boshlab qish mavsumida belgilangan ijtimoiy me’yor o‘zgardi”, deyiladi xabarda.

Isitish mavsumida tabiiy gaz iste’moli bo‘yicha ba’zaviy me’yor 5 barobarga (100 metr kubdan 500 kub metrga) oshirilgan. Xususan, noyabr-fevral oylarida har bir oy uchun 500 kub metrgacha, mart-oktyabr oylarida esa har oy uchun 100 kub metrgacha “bazaviy me’yor” belgilangan. Bu tartib Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida oktyabr-fevral oylarida amal qiladi.

Shuningdek, vazirlik 1 martdan 31 oktyabrga qadar har oy uchun 100 kub metrgacha “bazaviy me’yor” amal qilishini bildirgan.

Prezident qaroriga asosan ehtiyojmand oilalarga ishlatilgan elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun davlat tomonidan har oyda kompensatsiya beriladi.

Jumladan, kompensatsiya miqdori:

Elektr energiyasi uchun – oyiga bazaviy me’yordan ortiq (200 kVt/soatdan keyingi) 150 kVt/soatgacha;

Tabiiy gaz uchun – qish oylarida 250 kub metrgacha, boshqa oylarda 150 kub metrgacha ba’zaviy me’yordan ortiq foydalanilgan qismi uchun kompensatsiya beriladi.

“Ilgari kompensatsiyalar faqat qish oylarida amal qilgan bo‘lsa, endi yil davomida har oyda berilmoqda”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Energetika vazirligi gaz narxi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing