Bugun Yevro-2024 start oladi

Sport

image

Bugun, 14 iyun kuni Germaniyada futbol bo‘yicha Yevropa chempionati bahslari boshlanadi. Tarixdagi 17-qit’a birinchiligining ochilish o‘yinida mezbon Germaniya Shotlandiya terma jamoasi bilan bahs olib boradi.

Germaniya va Shotlandiya rasmiy o‘yinlarda o‘zaro 2 marta to‘qnash kelgan va har ikki o‘yinda nemislar zafar quchgan. “A” guruhining ikkinchi o‘yinida esa Vengriya Shveysariya bilan kuch sinashadi. 

Ma’lumot uchun, Germaniya-Shotlandiya o‘yini Toshkent vaqti bilan 23:55 da boshlanadi. Yevro-2024 bahslari 14 iyulga qadar davom etadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yevro-2024 ochilish o‘yiniga kim hakamlik qilishi xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya Shotlandiya Evro-2024

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made