Bugun Yerni kuchli magnit bo‘roni qopladi

Salomatlik

image

Bugun, 27 yanvar kuni Yerni kuchli – 4 ballik magnit bo‘roni qopladi. Bu haqda "vc.ru" xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, so‘nggi paytlarda ta’sirchan odamlar geomagnit muhitning faolligi tufayli o‘zlarini yomon his qilayotganidan shikoyat qilmoqda. Xususan, odamlarda qon bosimi ko‘tarilishi va muntazam ravishda bosh og‘rig‘i kuzatilyapti.

Mutaxassislarning fikricha, bunga shanba kuni geota’sir kuchining nafaqat minimal qiymatlardan oshishi, balki o‘rtacha darajadan ham yuqoriligi sabab bo‘lmoqda.

Toshkent vaqti bilan 2:00 dan 23:00 gacha geota’sir kuchi 4 ballga yetib, shundan so‘ng, asta-sekinlik bilan 3 ballgacha va undan pastroq ko‘rsatkichga tushib borishi kutilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, magnit bo‘ronlari hatto o‘rta kuchga ega bo‘lsa ham inson salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Jumladan, ta’sirchan toifadagi insonlarda:

  • bosh aylanishi va bosh og‘rig‘i;
  • uyqu buzilishi;
  • diqqatni jamlash bilan bog‘liq muammolar;
  • qon bosimining o‘zgarishi;
  • surunkali kasalliklarning kuchayishi;
  • og‘riqlar, shuningdek, bo‘g‘imlardagi og‘riq;
  • ishtaha buzilishi va ko‘ngil aynishi;
  • holsizlik hissi kuzatilishi ehtimoli mavjud.

Bunday paytda kamida 7-8 soat uxlash maslahat berilgan. Ovqat ratsionidan yog‘li va achchiq ovqatlarni olib tashlab, kuniga kamida 2 litr suv ichish tavsiya qilinadi. Qahva miqdorini kamaytirib, o‘simliklardan tayyorlangan choy iste’mol qilish kerak.

Shuningdek, kontrastli dush, ertalabki mashqlar, toza havoda yurish, yugurish magnit bo‘roni kuzatilganida salomatlik uchun foydali bo‘ladi.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

magnit bo'roni

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing