Bugun Yerni kuchli magnit bo‘roni qopladi

Jamiyat

image

Bugun, 27 fevral kuni  Yerda qizil darajadagi magnit bo‘roni  sodir bo‘ldi. Bu haqda “Meteoagent” xabar berdi.

Agentlikka ko‘ra, K-indeksi bo‘yicha  5 ballik qizil darajadagi magnit bo‘roni qayd etildi. Bu jarayonda ba’zi ta’sirchan odamlarning boshi og‘rishi va o‘zlarini yomon his qilishi mumkin.

Prognoz qilinishicha, magnit bo‘roni bir necha kun davom etib, yaqin kunlarda geomagnit ko‘rsatkich normal qiymatlarga tushadi.

Ma’lumot uchun, magnit bo‘ronlar - bu Quyoshning ichki reaksiyalari. Quyosh massasining chiqishi, yulduz yuzasida chaqnashlar va boshqa harakatlar sodir bo‘ladi, buning natijasida energiya Quyoshdan barcha yo‘nalishlarda, shu jumladan Yerga ham tarqaladi. 

Ma’lumot o‘rnida, magnit bo‘ronlari hatto o‘rta kuchga ega bo‘lsa ham inson salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Jumladan, ta’sirchan toifadagi insonlarda:

  •  bosh aylanishi va bosh og‘rig‘i;
  •  uyqu buzilishi;
  •  diqqatni jamlash bilan bog‘liq muammolar;
  •  qon bosimining o‘zgarishi;
  •  surunkali kasalliklarning kuchayishi;
  •  og‘riqlar, shuningdek, bo‘g‘imlardagi og‘riq;
  •  ishtaha buzilishi va ko‘ngil aynishi;
  •  holsizlik hissi kuzatilishi ehtimoli mavjud.

Bunday paytda kamida 7-8 soat uxlash maslahat berilgan. Ovqat ratsionidan yog‘li va achchiq ovqatlarni olib tashlab, kuniga kamida 2 litr suv ichish tavsiya qilinadi. Qahva miqdorini kamaytirib, o‘simliklardan tayyorlangan choy iste’mol qilish kerak.

Shuningdek, kontrastli dush, ertalabki mashqlar, toza havoda yurish, yugurish magnit bo‘roni kuzatilganida salomatlik uchun foydali bo‘ladi.

Rayhona Ulkanbayeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

magnit bo'roni

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing