Bugun O‘zbekistonning uch jamoasi OCHLdagi yurishini boshlaydi
Sport
−
18 Sentabr 2023
7279Bugun, 18 sentyabr kuni futbol bo‘yicha Osiyo Chempionlar ligasining (OCHL) guruh bosqichi o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Qarshining “Nasaf”, Olmaliqning OKMK va Namanganning “Navbahor” klublari dastlabki turda maydonga tushadi.
“Nasaf” safarda Iordaniyaning “Al-Faysali” jamoasiga qarshi bahs olib boradi. O‘yin soat 21:00 da start oladi. “Navbahor” esa Saudiyada Neymar boshchiligidagi “Al-Hilol”ga qarshi saf tortadi. O‘yin 23:00 da boshlanadi. Mirjalol Qosimov murabbiyligidagi OKMK Jidda shahrida Benzema va Kante kabi nomdor futbolchilarga ega “Al-Ittihod” bilan hisob-kitob qiladi.
O‘zbekiston klublaridan faqatgina Toshkentning “Paxtakor” klubi dastlabki turni o‘z uyida boshlaydi. “Sherlar” 19 sentyabr kuni BAAning “Al-Ayn” jamoasi bilan kuch sinashadi. 19:00 da boshlanadigan o‘yin “Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tadi.
LiveBarchasi