Bugun O‘zbekistonning Osiyo kubogidagi raqiblari aniqlanadi
Sport
−
09 may 2819 2 daqiqa
Bugun, 9 may kuni 2027 yilda Saudiya Arabistoni mezbonligida bo‘lib o‘tadigan Osiyo kubogi musobaqasiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi. Ushbu marosim Ar-Riyod shahrida bo‘lib o‘tadi.
Ushbu qur’ada O‘zbekiston milliy terma jamoasi qur’ada mezbon Saudiya Arabistoni, Yaponiya, Eron, Janubiy Koreya, Avstraliya kabi jamoalar bilan birgalikda 1-savatchadan o‘rin olgan.
Shuningdek, 2️-savatchadan:
- Qatar;
- Iroq;
- Iordaniya;
- BAA;
- Ummon;
- Suriya.
3️-savatchadan:
- Bahrayn;
- Tailand;
- Xitoy;
- Falastin;
- Vetnam;
- Tojikiston.
4️-savatchadan:
- Qirg‘iziston;
- Livan yoki Yaman;
- KXDR;
- Indoneziya;
- Kuvayt;
- Singapur milliy terma jamoalari joy olgan.
Ma’lumot uchun, avvalgi yillarda OFK savatchalarga ajratishda gibrid usuldan foydalanardi. Bunda FIFA reytingi va saralash turniri yakunlari birlashtirilib, Jahon chempionati saralashining final bosqichida ishtirok etgan jamoalarga ustunlik berilgan. Ushbu gibrid usul tufayli 2019 yilgi Osiyo Kubogi final bosqichi uchun qur’a tashlashda O‘zbekiston terma jamoasi Qirg‘iziston bilan o‘rin almashib, uchinchi savatchadan ikkinchi savatchaga ko‘tarilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2027 yilgi Saudiya Arabistonida mezbonligidagi Osiyo kubogi guruh bosqichiga qur’a tashlash marosimi xavfsizlik nuqtai nazaridan noma’lum muddatga qoldirilgani haqida xabar berilgan edi. 24 jamoa ishtirok etadigan turnir 2027 yil 7 yanvardan 5 fevralgacha Saudiya Arabistonida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Qur’a tashlash marosimi esa dastlab joriy yilning 11 aprel kuni Ar-Riyod shahrida o‘tkazilishi belgilangan edi.
Live
Barchasi