Bugun O‘zbekistonning deyarli barcha viloyatlarida yana jala yog‘adi

Bu qiziq

image

Bugun, 3 aprel kuni, tunda Xorazm, Andijon viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasidan tashqari O‘zbekistonning barcha hududlarida jala quyishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zgidromet rahbari Sherzodxo‘ja Habibullayev o‘zining facebook sahifasida xabar berdi.

“Bugun 20:00 dan 23:00 gacha (Nukus, Urganch, Andijon shahridan tashqari) jala yomg‘iri bo‘lishi kutilmoqda”, deb yozgan Habibullayev.

Shuningdek, 3-4 aprel kunlari Navoiy, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo viloyatlarining ba’zi joylarida yomg‘ir yog‘ishi kuchli bo‘ladi.

3-7 aprelda Toshkent viloyatining tog‘li hududlarida 2000 metrdan yuqorida qor ko‘chishi xavfi bor.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 2 aprel kuni poytaxt Toshkentda kuchli yomg‘ir yog‘ishi oqibatida ko‘chalar suvga to‘lgan edi. Metrolar suv ketish yo‘llari (ariqlar) to‘lib qolishi oqibtida suvga to‘ldi. Olmazor, Sergeli va Toshkent tumanlarining ayrim hududlarida elektr ta’minotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatildi.  Yomg‘irga dosh bermagan Yakkasaroy tumani Bobur ko‘chasida joylashgan xonadonlarning balkon qismi qulab tushdi.


Maqola muallifi

Teglar

jala O'zgidromet

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing