Venetsiyaga aylangan Toshkentning bir necha tumanida “svet” o‘chdi
Jamiyat
−
02 aprel 2023
20144Olmazor, Sergeli va Toshkent tumanlarining ayrim hududlarida elektr ta’minotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatilmoqda. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.
Kuchli shamol va yomg‘ir ayrim yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlariga shikast yetkazishi oqibatida elektr tarmoqlariga katta miqdorda talofat yetkazmaslik uchun nosozlikka qarshi himoya tizimi ishlashi natijasida Olmazor, Sergeli va Toshkent tumanlarining ayrim hududlarida elektr ta’minotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatilmoqda. Xususan:
Olmazor tumanining “Ahil”, “Paxta”, “Yangi Toshkent”, “Beruniy”, “Shodiyona”, “Istiqbol”, “Oltinsoy”, “Bo‘stanobod”, “Tepa Guzar”, “G‘alaba”, “Tabassum”, “Islom ota” hamda “Chuqursoy” mahallalari, Toshkent tumanining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi “Sag‘bon” podstansiyasidagi yuqori kuchlanishli elektr qurilmasida nosozlik sodir bo‘lgan.
Shuningdek, Sergeli tumanining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi tarmoqda nosozlik yuzaga kelgan.
Buning oqibatida ushbu hududlarning elektr ta’minotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatilmoqda.
Ayni vaqtda elektr ta’minoti korxonalarining maxsus brigadalari tomonidan mazkur nosozliklarni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.
“Ushbu nosozliklar qisqa vaqt ichida bartaraf etilib, hududlarning elektr ta’minoti qayta tiklanadi. Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi