Bugun o‘zbekistonlik qiz Olimpiadada erkak bokschi bilan jang qiladi

Sport

image

Bugun, 2 avgust kuni Olimpiadaning navbatdagi kun bahslarida o‘zbekistonlik bokschi qiz Sitora Turdibekova musobaqaning chorak final yo‘llanmasi uchun ringga ko‘tariladi.

Turdibekovaga Xitoy Taypeyi (Tayvan) vakili Lin Yuy-Tin raqiblik qiladi.

Gap shundaki, Lin Yuy-Tin biologik erkak bo‘lgani uchun 2023 yilgi ayollar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etmagan, aniqrog‘i bokschiga mundialda qatnashishga ruxsat berilmagan, biroq Lin Yuy-Tinga Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi Olimpiada bahslarida qatnashishga ruxsat berdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Olimpiadada ayollar o‘rtasidagi bahslarda qatnashgan yana bir sportchi erkak ekanligi xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing