Bugun o‘zbekistonlik futbolchilar Angliyaga qarshi o‘ynaydi

Sport

image

Bugun, 22 noyabr kuni Indoneziyada davom etayotgan 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Jahon chempionatining 1/8 final o‘yinlari start oladi. Mazkur bosqichda O‘zbekiston jamoasi angliyalik tengqurlariga qarshi bahs olib boradi. 

Jamoliddin Rahmatullayev murabbiyligidagi O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi pley-off bosqichiga “B” guruhida 3-o‘rinni qo‘lga kiritib yo‘l olgandi. 

O‘zbekiston Angliyaga qarshi ko‘k-oq libosda o‘ynaydi. Darvozabon esa to‘q sariq libosda harakatlanadi. Uchrashuvni gonduraslik Selvin Bravn boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi. Unga qanotlarda hamyurti Gerson Orellana va nikaragualik Aguirre Arias yordam beradi. 4-rasmiy hakam vazifasi esa mavritaniyalik Dahane Beidaga topshirilgan.

Angliya - O‘zbekiston o‘rtasidagi o‘yin 13:30 da start oladi. Bahs Jakarta shahridagi stadionda o‘tkaziladi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Indoneziya Angliya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing