Bugun O‘zbekiston Yaman bilan o‘ynaydi
Sport
−
10 Oktabr 2019
5602Bugun, 10 oktyabr kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2022 saralashi 2-bosqich 3-turi doirasida “Paxtakor” markaziy stadionida Yaman terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
O‘zaro o‘yinlar statistikasiga qaraydigan bo‘lsak, O‘zbekiston milliy terma jamoasi Yaman bilan shu vaqtga qadar 4 marta to‘qnash kelgan va 4 ta o‘yinning barchasida g‘alaba O‘zbekiston vakillari tomonda bo‘lgan.
Terma jamoa an’anani buzmagan holda ishonchli g‘alabaga erishadi degan umidamiz.
Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 17:00 da boshlanadi va o‘yin “Sport” telekanali orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri efirga uzatilishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasi so‘nggi bor Falastin terma jamoasiga qarshi shu yilning 5 sentyabrida bahs olib borib, 0:2 hisobida mag‘lub bo‘lgandi.
LiveBarchasi
Toshkentga tramvay qaytadi.
13 mart