Bugun O‘zbekiston terma jamoasi yubiley o‘yinini o‘tkazadi

Sport

image

Bugun, 11 iyun kuni futbol bo‘yicha “CAFA Nation’s Cup” musobaqasining 1-turi doirasida O‘zbekiston-Ummon o‘yini bo‘lib o‘tadi. 

Ayni damda O‘zbekiston milliy terma jamoasining FIFA reyestriga kiritilgandan keyingi o‘yinlari soni 299 tani tashkil etadi. Ummonga qarshi bahs O‘zbekiston milliy terma jamoasi tarixidagi 300-uchrashuv bo‘ladi.

O‘zbekiston terma jamoasi FIFA reyestriga kirtilmagan vaqtlarida ham bir nechta o‘yinlar o‘tkazgan. Jumladan, terma jamoa 1992 yilgi Markaziy Osiyo kubogi musobaqasida ishtirok etgan. Shuningdek, 1995 yilgi Merdeka kubogi bahslari, 2016 yilda Qirg‘iziston bilan o‘rtoqlik o‘yini va Gananing ikkinchi jamoasi bilan nazorat o‘yinini aytish mumkin.

Futbol mutaxassisi Alisher Nikimbayev terma jamoa o‘yinlari soni bilan chalkashlik yuzaga kelishini arxivlarni tartibga solish bilan shug‘ullanadigan statistika qo‘mitasini yo‘qligi bilan izohladi.

O‘zbekiston-Ummon o‘yini soat 20:30 da start oladi. Uchrashuvga Toshkent shahridagi “Bunyodkor” stadioni mezbonlik qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston FIFA

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing