Bugun O‘zbekiston OTJ Olimpiada yo‘llanmasi uchun kurashga kirishadi

Sport

image

Bugun, 17 aprel kuni Qatarda start olgan futbol bo‘yicha U-23 Osiyo kubogining 1-tur bahslari davom ettiriladi. “D” guruhidan o‘rin olgan O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi dastlabki turda Malayziya bilan to‘qnash keladi.

Temur Kapadze murabbiyligidagi jamoa futbolchilari malayziyalik tengdoshlariga qarshi bahsda oq rangli liboslarda harakatlanadi. Uchrashuvga Doha shahridagi “Khalifa International” stadioni mezbonlik qiladi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 18:00 da start oladi.

“D” guruhidagi ikkinchi o‘yinda Quvayt va Vetnam jamoalari o‘zaro hisob-kitob qilib oladi. Musobaqa formatiga ko‘ra, guruhlarda bir va ikkinchi o‘rinlarni qo‘lga kiritgan jamoalar chorak finalga yo‘l oladi. Turnirda sovrindor bo‘lgan 3 ta jamoa esa shu yili Fransiya poytaxti Parijda o‘tkaziladigan Olimpiada yo‘llanmasiga ega bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston U-23 jamoasining yetakchi futbolchilari Abbosbek Fayzullayev va Abduqodir Husanov Osiyo kubogida ishtirok etishi xabar qilingandi.

Shuningdek, Ibrohimhalil Yo‘ldoshev va Hojimat Erkinov ham qit’a birinchiligida O‘zbekiston OTJ sharafini himoya qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Osiyo kubogi Abduqodir Husanov Abbosbek Fayzullaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing