Bugun O‘zbekiston azaliy raqibi bilan o‘ynaydi

Sport

image

Bugun, 21 noyabr kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionatining 2-saralash bosqichi doirasida Eron milliy terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi.

Uchrashuvni Muhammad Abdulla Hassan boshchiligidagi BAA hakamlari brigadasi boshqarib boradi. Unga qanotlarda Muhammad Al Hammadi va Hasan Al Mahdi yordam beradi. 4-rasmiy hakam vazifasi Ismoil Habib Aliga ishonib topshirilgan.

Bugungi bahsda Srechko Katanets shogirdlari to‘liq ko‘k rangli liboslarda to‘p tepadi. Darvozabon esa yashil libosda harakatlanadi. 

“E” guruhining 2-turidan o‘rin olgan O‘zbekiston-Eron uchrashuvi soat 18:00 da “Bunyodkor” stadionida start oladi.


Maqola muallifi

Teglar

Eron O'zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionati Muhammad Abdulla Hassan

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing