Bugun U-23 Osiyo kubogi start oladi

Sport

image

Bugun, 15 aprel kuni Qatarda 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo kubogi bahslari boshlanadi. Dastlabki kungi bahslarni “A” guruhi jamoalari boshlab beradi.

1-turda Avstraliya-Iordaniya va Qatar-Indoneziya uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Temur Kapadze boshchiligidagi O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi esa turnirdagi yurishini 17 aprel kuni boshlaydi. “D” guruhidan o‘rin olgan o‘zbekistonlik futbolchilarga dastlabki turda malayziyalik to‘p ustalari raqiblik qiladi.

Shuningdek, O‘zbekiston jamoasi guruh bosqichida Malayziyadan tashqari Vetnam va Quvayt jamoalari bilan bahs olib boradi. O‘zbekistonning Quvaytga qarshi o‘yini 20 aprel, Vetnamga qarshi uchrashuvi esa 23 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.

Qayd etish joiz, turnirda sovrindor bo‘lgan jamoalar shu yil yozda Fransiya poytaxti Parij shahri mezbonlik qiladigan Olimpiada o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi. 4-o‘rin sohibi esa pley-off o‘yinida ishtirok etadi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Osiyo kubogi Temur Kapadze

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing