Bugun Toshkentning 5 tumani aholisi gazsiz qoladi

Jamiyat

image

Bugun, 15 avgust kuni poytaxt Toshkentning Sergeli, Shayxontohur, Bektemir, Yangihayot va Uchtepa tumanlariga tabiiy gaz yetkazib berilishi vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgazta’minot” AJ axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, ta’mirlash ishlari tufayli quyidagi hududlarda gaz ta’minoti o‘chiriladi:

  • Sergeli tumanining “Madaniyat”, “Xalqobod”, “Birdamlik”, “Shukrona”, “Qo‘shqo‘rg‘on”, “Xonobodtepa”, “Nomdanak” mahallalarida soat 11:00 dan 16:00 gacha;
  • Shayxontohur tumanida joylashgan 3-sonli Markaziy issiqlik qozonxonasi, “Suzuk ota”, “Tinchlik”, “Ilg‘or”, “Jar-ariq”, “Ko‘kcha”, “Islomobod”, “Yangi shahar”, “Obinazar”, “Katta xovuz”, “Oqlon” mahallalarida, “Samarqand Darvoza”da ikkita 12-qavatli uy hamda 1 ta 9 qavatli uyda;
  • Bektemir tumanining “Oltintopgan” mahallasida soat 10:00 dan 18:00 gacha;
  • Yangihayot tumanining “Choshtepa” mahallasida soat 15:00 dan 18:00 gacha;
  • Uchtepa tumanining “Bog‘ichinor”, “Istirohat”, “Shaftolizor” mahallalarida gaz bo‘lmaydi.

Maqola muallifi

Teglar

gaz Toshkent

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing