Bugun Toshkentda yana bir bayroq maydoni ochiladi
Jamiyat
−
20 mart 2019
13147Toshkentda balandligi 57 metr bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i o‘rnatiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimiyati Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Baroq, bugun, 20 mart kuni soat 15:00 da Toshkent shahridagi Mirzo Ulug‘bek va Maxtumquli ko‘chalari kesishmasida o‘rnatiladi. Uning balandligi 57 metr ni tashkil etadi.
Bundan tashqari ushbu hududda bahoriy ayyom Navro‘z munosabati bilan “Navro‘z” nomli sayilgoh ochiladi va musiqali favvora ham ishga tushiriladi.
Tadbirda Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev ishtirok etadi.
Eslatib o‘tamiz, 2018 yilning iyul oyida ilk bor Toshkentda mamlakatdagi eng katta flagshtok o‘rnatilgan edi. Uning balandligi 65 metrni, bayroqning o‘lchami esa 12x25 metrni tashkil etadi.
LiveBarchasi